Sovet Ittifoqining qulashi fojia edi – SSSR sog‘inchi bilan yonayotgan Lukashenko
Olam
−
19 mart 2022
15422Agar Sovet Ittifoqi saqlab qolinganida, bugungi kunda dunyodagi ko‘plab mojarolarning oldini olish mumkin edi. Bu haqda Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko gapirdi.
"Agar Sovet Ittifoqi shu kungacha saqlanib qolganida edi, biz dunyodagi har qanday mojarolardan qochib qutulgan bo‘lardik. Hamm! G‘arb va Amerika doimo Sovet Ittifoqi pozitsiyasi bilan hisoblashishga majbur bo‘lgan. Ha, har xil muammolarga qaramay, Yaponiya bilan yaxshi, do‘stona munosabatlarimiz bor edi. Dunyo ko‘p qutbli edi va bir qutb ikkinchisini muvozanatlashtirdi. Endi dunyoda sodir bo‘layotgan voqealarning sababi bir qutblilik, Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan sayyoramizni monopollashtirishdir”, deydi safsatalarga boch chiqishlari bilan tilga tushgan Lukashenko, Yaponiyaning TBS telekompaniyasiga bergan intervyusida.
Lukashenko SSSRning parchalanishi uning uchun fojia bo‘lganini ta’kidladi.
“Men shu yurtda tug‘ilganman va yashaganman. Men shu yurtga fidoyi edim, kommunistik partiya a’zosi edim. O‘shanda men Belarus Oliy Kengashi deputati bo‘lganim uchun siyosat bilan ham shug‘ullanardim. Shuning uchun, men uchun ham, butun dunyo uchun bu fojia edi, endi butun dunyo buni tushundi. Sovet Ittifoqining qulashi fojia”, deydi u.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 10 yanvar kuni Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining videoanjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Belarusni 28 yildan buyon boshqarib kelayotgan va namoyishlarni qurol bilan bostirgan Aleksandr Lukashenko Qozog‘istondagi voqealardan avval O‘zbekiston saboq chiqarishi kerakligi, bu saboqlar olinmasa, o‘zidagi ma’lumotlarga ko‘ra, ularning (ekstremistlar – tahr.) diqqati O‘zbekistonga qaratilishini aytdi. Ancha keksayib qolgan Belarus rahbarining ushbu gapi O‘zbekistonda nafaqat siyosatshunoslar, balki jamoatchilik, oddiy odamlarning ham g‘ashiga tegdi.
LiveBarchasi