Somon pressga “marixuana” yashirgan 73 yoshli otaxon ushlandi (video)

3-sahifa

image

Buxoro viloyatida somon press ichiga “marixuana” yashirgan shaxs ushlandi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Otbozor” mahallasida istiqomat qiluvchi 1953 yilda tug‘ilgan nafaqadagi fuqaroning xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Xonadon darvoza xonasidan somon presslari orasiga yashirilgan ko‘k rangli paket aniqlangan. Uning ichida esa, o‘tkir hidli, yashil rangli, sof vazni 60,58 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi topilib, tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan.

Mazkur fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida 75 yoshli fuqaroning uyidan 20 kg “marixuana” giyohvand moddasi topilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro marixuana otaxon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing