Somalida ommaviy ocharchilik boshlandi – Prezident Administratsiyasi

Olam

image

Somali ommaviy ocharchilikka duch keldi. Bu haqda Afrika davlati Prezident ma’muriyatining maxsus vakili Abdurahmon Abdishakur Varsame ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, uzoq muddat davom etgan qurg‘oqchilik tufayli 6,1 million somalilikni oziq-ovqat bilan ta’minlashda jiddiy muammolar yuzaga kelgan. Ayni vaqtda 330 ming bola to‘yib ovqatlanmaydi. 

Varsame barcha manfaatdor tomonlarni Somalidagi yomonlashib borayotgan vaziyat bo‘yicha zudlik bilan chora ko‘rishga chaqirdi. 

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Somalidagi millionlab odamlar shoshilinch yordamga muhtoj. Ushbu Afrika davlatida 2020 yil oxiridan beri uchinchi marta odatdagidan kamroq yog‘ingarchilik kuzatildi. 

1990 yildan buyon mamlakat iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga kelgan suv toshqini va qurg‘oqchilik kabi 30 dan ortiq tabiiy ofatlarni boshdan kechirdi. 

Qurg‘oqchilikning kuchayishi munosabati bilan Hukumat 2021 yil 23 noyabrda butun mamlakat bo‘ylab “favqulodda holat” e’lon qilgandi. 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xalqaro hamjamiyatni gumanitar inqiroz tufayli Somaliga zudlik bilan yordam berishga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Somali

Baholaganlar

263

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing