Soliqlarni bo‘lib to‘lash imkoni beriladi

Jamiyat

image

Kecha, 14 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi.

Qonun bilan Soliq kodeksiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan, Kodeksning 99-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, Davlat soliq qo‘mitasi soliqlarni, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni belgilangan tartibda mol-mulkni garovga bermagan holda, kafilliksiz yoki bank kafolatisiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini taqdim etishga haqli ekanligi belgilandi (bundan daromad solig‘i, ijtimoiy soliq, to‘lov manbaida olinadigan foyda solig‘i mustasno).

Shuningdek, 100-moddaga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, faoliyatni 3 yildan ortiq vaqtdan buyon amalga oshirayotgan, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lagan, ammo moliyaviy ahvoli soliq qarzini muddatida to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmagan manfaatdor shaxslarga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilishi mumkin.

Kodeksning 378-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, soliq to‘lovchining O‘zbekiston Respublikasining professional (kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar) va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish (o‘zining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun  yo‘naltiriladigan daromadlari soliqqa tortilmaydi (ilgari ushbu imtiyoz faqat oliy ta’lim bo‘yicha tatbiq etilgan).


Maqola muallifi

Teglar

soliq

Baholaganlar

132

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing