Soliq qo‘mitasi raisining sobiq birinchi o‘rinbosari 8 yilga qamaldi

3-sahifa

image

Soliq qo‘mitasi raisining sobiq birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev 8 yilga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari xabar berdi.

Qayd etilishicha, sudning hukmi bilan Mubin Mirzayev Jinoyat kodeksi 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismining “a” bandi, 205-moddasi 2-qismining “a” bandi (mansab vakolatini juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda suiiste’mol qilish) va 208-moddasida (hokimiyat harakatsizligi) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 3 yil muayyan huquqdan mahrum qilgan holda 8 yil 2 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Boshqalar, ya’ni Mirzayev bilan sudlangan yana 8 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, ushbu sudlanuvchilar ham tegishli moddalar bilan aybli deb topilgan hamda ular ham 4 yildan 9 yilgacha bo‘lgan muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan.

Shuningdek, sud hukmi bilan yetkazilgan zararlar undirilishi ham belgilangan.

Ma’lumot uchun, Mubin Mirzayev 2018 yil 27 dekabr kuni Davlat soliq qo‘mitasi raisiga birinchi o‘rinbosar etib tayinlangan. Bungacha u Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Mubin Mirzayev 27 yanvar kuni prezident raisligidagi videoselektor yig‘ilishida ishdan olingandi. Bunga Soliq qo‘mitasida qo‘shilgan qiymat solig‘idan sun’iy ortiqcha to‘lov hosil qilish orqali uni byudjetdan noqonuniy qoplash holatlari ko‘paygani, 2025-yilda mazkur yo‘nalish bo‘yicha 20 nafar soliq xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani sabab bo‘lgandi. Mirzayev loqaydlik va mas’uliyatsizlikda ayblanib, lavozimidan bo‘shatilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing