Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari ishdan olindi

Jamiyat

image

Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev loqaydligi va mas’uliyatsizligi sababli ishdan olindi. Bu haqda bugun, 27 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Davlat rahbari yig‘ilishda Shayxontohur tumani soliq inspeksiyasi tomonidan “Chorsu” bozorida to‘lov intizomi joyiga qo‘yilmagani, “Malika” savdo kompleksida esa ahvol bundan ham ayanchli ekanini ko‘rsatib o‘tgan.

Kompleksda 1,5 mingga yaqin tadbirkor faoliyat yuritsa-da, ularning faqat to‘rtdan biri ro‘yxatdan o‘tgan, 25 foizi oyiga 1 million so‘m ham soliq to‘lamayapti. Shuningdek, dekabr oyida plastik kartalar orqali yechib olingan 600 milliard so‘mlik savdo tushumi yashirilgan.
Toshkent shahar soliq boshqarmasi byudjet rejasini yaxshi ishlayotgan tadbirkorlarga ortiqcha to‘lov qildirish hisobidan bajarmoqda. Jumladan, 46,4 ming korxonadan 876 milliard so‘m ortiqcha to‘lov undirilgan.

Soliq qo‘mitasida qo‘shilgan qiymat solig‘idan sun’iy ortiqcha to‘lov hosil qilish orqali uni byudjetdan noqonuniy qoplash holatlari ko‘paygan. O‘tgan yilda mazkur soliqni noqonuniy qaytarish bo‘yicha 20 nafar soliq xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu yo‘nalishga javobgar bo‘lgan, yetti yildan beri ishlab kelayotgan qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayevning loqaydligi va mas’uliyatsizligi ko‘rsatib o‘tilgan. Yig‘ilishda Mubin Mirzayev ishdan olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Mubin Mirzaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing