O‘zbekistonda uy-joylarni naqd pulda sotib olish cheklanadi (video)

Jamiyat

image

O‘zbekistonda uy-joylarning savdosini naqd pulda amalga oshirish cheklanadi. Bu haqda joriy yilning 26 iyun kuni Oliy Majlis Senatining navbatdagi majlisida Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev ma’lum qildi.

“Hali muammolar ko‘p, buni ko‘rib turibmiz. Hanuzgacha xufiyona iqtisodiyotning ulushi yuqoriligacha qolmoqda. Shuning uchun biz Moliya vazirligi, Markaziy bank, Soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi va tadbirkorlar bilan birgalikda xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha Prezident qarorini ishlab chiqdik”, deydi u.

Mirzayevning bildirishicha, bunda asosiy e’tibor naqdsiz hisob-kitoblar tizimlarini rag‘batlantirishga qaratilgan. Barcha vazirlik hamda idoralar bilan kelishilgan va administratsiyaga taqdim etilgan.

“Juda ko‘plab davlatlar 2030 yilgacha naqdsiz hisob-kitoblar tizimiga o‘tishni asosiy maqsad qilib qo‘ygan. Shuning uchun, bu qarorda eng yirik hisob-kitoblarni naqdsiz hisob-kitoblar tizimi bo‘yicha amalga oshirish o‘z aksini topgan. Buni ko‘chmas mulkdan boshlayapmiz. Bugungi kunda uy sotish va sotib olish ko‘pincha naqd pulda amalga oshiriladi. Bularning hammasini qonuniy tartibda, bank aylanmasi orqali amalga oshirish va savdo qoidalarini buzmasdan to‘g‘ri ishlash uchun barcha rag‘batlantirish mexanizmi va xuddi shunday qonunni buzmasdan ishlash tartib, qonun-qoidalarini aks ettirdik. O‘ylaymanki, shuni qabul qilinishi eng asosiy dastak bo‘ladi va shu bo‘yicha ishlaymiz”, deydi Mubin Mirzayev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonunini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi qarori bilan O‘zbekistonda ob’ektlarning murakkabligi va turiga qarab ularning kadastr pasportlarini tayyorlash muddati uzaytirilishi xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Mubin Mirzaev uy-joy savdosi naqdsiz hisob-kitob

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing