Soxta trenerlarga javobgarlik belgilanmoqda
Jamiyat
−
22 iyul
5465O‘zbekistonda pul topish uchun soxta trenerlik qilayotganlar uchun javobgarlik belgilanmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Bildirilishicha, endilikda “Tez boyib ketish” va “Oson pul topish yo‘llarini o‘rgataman” kabi e’lonlar bilan turli vebinar va seminar-treninglar o‘tayotgan shaxslar faoliyati tartibga solinishi kutilmoqda. Bu bo‘yicha “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tashabbusi bilan ma’rifiy faoliyatni tartibga solish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqilgan va birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilgan. Muhokamalar davomida qonun loyihasi qabul qilingan.
Shuningdek, yangi qonun loyihasida ushbu faoliyatni tartibga solish mo‘ljallangan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritiladigan qo‘shimchalar bilan maxsus bilim va tajribaga ega bo‘lmagan yoki faoliyat huquqiga ega bo‘lmagan shaxslarga javobgarlik belgilanmoqda.
Shuningdek, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda ma’rifiy faoliyat tushunchasi ochib berilib, bu faoliyatni amalga oshirish talablari ko‘rsatilmoqda. Ma’rifiy faoliyatni olib borish taqiqlangan shaxslar toifasi belgilab berilmoqda.
LiveBarchasi