Sog‘liqni saqlash tizimi inqirozga yuz tutdimi? So‘z Bositxonovaga

Intervyu

O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari kun sayin ortmoqda. Kecha, 8 iyul kuni 422 ta yangi holta aniqlangan. Bemorlarning 5 nafari vafot etdi. Koronavirusga qarshi kurash shtab a’zosi Habibulla Oqilov esa kecha bo‘lib o‘tgan brifingda  sog‘liqni saqlash tizimining resurslari poyoniga yetganini ma’lum qildi. Shundan kelib chiqib mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi inqiroz holatini boshdan kechirmoqda deyish mumkinmi? QALAMPIR.UZ ushbu savol bilan Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonovaga yuzlandi. 

“Yo‘q. Bilasizmi, davlatimiz rahbari 2017 yilda sog‘liqni saqlash tizimiga bag‘ishlangan oltita selektor o‘tkazdilar. Bo‘lib o‘tgan selektorlarning barchasida hamdu sanolar o‘qilmadi, xatolar tahlil qilindi va yechim yo‘llari ko‘rsatildi. Tez-tez o‘tkaziladigan selektorda, yosh olimlarni yetishtirish, yosh mutaxassislarni chet ellarga olib borib o‘qitish, ilmiy markazlarning hududlarga borib ishlashi, qabullarda ishtirok etish masalalari muhokama qilindi. Davlat rahbari buni qo‘l boshqaruvi deydilar, tizim ishlamaganda qo‘l boshqaruvi bilan biz har bir murojaat etgan fuqaroga amaliyotda, davolashda, reabilitatsiyada muammolarini hal qildik. 

Agar Sovid-19 vujudga kelmaganda, biz yutuqlarimizni ko‘proq ko‘rar edik. Men yaxshi eslayman avvallari yurakni operatsiya qiladigan xirurg O‘zbekistonda bir yoki ikkita edi. Hozir yuzlar yigitlarimiz bor va ular pensiya yoshida emas, balki yosh, navqiron yigitlar. Ularni yoshida operatsiya qilish bir odamni ishi emas, balki bir dona operatsiyada katta jamoa ishlaydi. Og‘riqsizlantiruvchi, qon quyuvchi, moddiy texnika bazasini ta’minlash komandasi. Bizda shunday komandalarimiz bor. 

Lekin birlamchi tizimda hali qiladigan ishlarimiz ko‘p: aholining tibbiy madaniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzi, harakatlanish, to‘g‘ri ovqatlanish. Bu borada bir kun emas 365 kun ishlashimiz kerak. Davlatimiz rahbari qayta-qayta aytadilar, men o‘zimni faoliyatimda ham birlamchi tizimga juda katta e’tibor berishim kerak ekanini bilaman va bu borada ishlarni yanada kuchaytiramiz”, deydi Elmira Bositxonova. 

Ma’lumot o‘rnida, ayni vaqtda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 11 259 nafarni tashkil etmoqda. Bemorlarning 7060 nafari sog‘aygan, 48 nafari vafot etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Elmira Bositxonova Sog'liqni saqlash tizimi

Baholaganlar

304

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing