Sog‘liqni saqlash vazirligi aholini jaziramadan saqlanishi uchun tavsiyalar berdi

Salomatlik

image

O‘zbekistonga jazirama ёз fasli kirib kelmoqda. Ma’lumki, bu faslda havo harorati keskin ko‘tarilib, inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shunday vaziyatlarda insonлар salqin joyda hordiq chiqarishadi, oftob урмаслиги uchun turli usullarni qo‘llay boshлашади. Xo‘sh, issiq harorat ta’siridan қандай saqlanishimiz, bu mavsumda қандай kiyinishimiz va ovqatlanishimiz lozim? Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziriligi quyidagilarni ma’lum қилди.

Vaziyat nazoratimizda bo‘ladi

Yoz faslining boshlanishi, ayniqsa, eng issiq davr “chilla”нинг kirib kelishi mamlakat aholisi uchun biroz noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Boisi serquyosh o‘lkamizning ayrim hududlarida havo harorati keskin ko‘tarilib, janubiy viloyatlarda +45, +50 darajagacha yetadi.

Yurtimiz aholisi bunday anomal issiq kunlarida zarurat sezganda respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali va 180 ga yaqin tuman va shahar bo‘limlari xamda 2460 ta tez tibbiy yordam brigadalari orqali tunu kun tez, sifatli tibbiy yordam olishlari mumkin. Mazkur davolash muassasalari malakali mutaxassislar va zarur dori-darmonlar bilan yetarli миқдорда to‘liq ta’minlangan. Bundan tashqari, ushbu holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligining alohida nazorati taшкил etilgan. Qolaversa, har bir tuman va shahar tibbiyot birlashmalarida “Ishonch telefon”lari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Avvalo boshni asrang!

Ta’kidlash joizki, jaziramaning bunday kunlarida, avvalo, boshni quyosh nuridan asrash muhim ahamiyatga ega. Chunki bosh miyadan katta arteriya, vena qon tomirlari o‘tgan bo‘lib, kunning issiq vaqtida bosh yalang yurganda bosh qizib, butun tanada issiq qon aylanib, insonlarni oftob urishiga olib kelishi mumkin. Buning oqibatida tana haroratining ko‘tarilishi, terining qizarishi, holdan toyish, nafas olish va puls tezlashishi, yurakning tez urishi, bosh og‘rishi, bosh aylanishi, кўнгил aynishi, qayt qilish, hushdan ketish каби holatlar кузатилиши mumkin.

Nima tanavvul qilgan ma’qul?

Tabbiyki, issiq kunlarda ko‘p миқдорда suv ichish organizm faoliyatini yaxshi ишлашga va suv-tuz балансини me’yorlashtirishga yordam beradi. Ammo bunda organizmning suv taнқислигини to‘ldirish uchun gazlangan yoki nektar suv emas, aksincha, oddiy ichimlik suvini iste’mol qilish kerak. Shuningdek, issiq kunda yog‘li go‘sht маҳсулотлар iste’molini kamaytirib, yengil hazm bo‘luvchi taomlar iste’molini ko‘paytirish maqsadga muvofiq. Qolaversa, meva va сабзавотлар ham organizmda yaxshi singib, ichki a’zolar faoliyatini normallashtirishga yordam beradi.

Yana shuni alohida ta’kidlash lozimki, ёз kunlarida xiyobon va ko‘cha yon atroflarida qo‘lbola usullarda tayyorlanib, iste’mol uchun chiqarilgan turli sharbat, ayron, go‘ja hamda shu turdagi mahsulotlarni xarid qilmagan ma’qul. Boisi kun davomida quyosh nuri tushib turgan hamda iste’molga yaroqlilik belgisi mavjud бўлмаgaн bu turdagi маҳсулотлар salomatlik uchun o‘ta xavfli bo‘lib, turli noxush vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Qanday kiyinish kerak?

Yoz kunlari tabiiy matodan tikilgan, havoni yaxshi o‘tkazib, quyosh nurini qaytaradigan hamda keng tikilgan kiyimlarni tanlash maqsadga muvofiq. Chunki ular terini nafas olishiga imkon yaratadi hamda tana haroratining ko‘tarilib ketishiga to‘sqinlik qiladi. Qolaversa, jazirama kunda bosh kiyim kiyib yurish ham maqsadga muvofiq.

Tush пайтида ko‘chaga chiqmang!

Ma’lumki, quyosh nuri 12:00 dan 1600 gacha juda ham faol holatda bo‘ladi. Shuning uchun bu vaqt oralig‘ida ko‘chaga chiqmagan ma’qul. Ammo vaziyat келиб chiqib, shu vaqt oralig‘ida tashqariga chiqish to‘g‘ri kelsa, tananing ochiq joylarini quyosh nuridan saqlashga harakat qilish darkor.


Maqola muallifi

Teglar

Sog'liqni saqlash vazirligi jazirama

Baholaganlar

30

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing