Sog‘liqni saqlash vazirining 2 o‘rinbosari ishdan olindi
Jamiyat
−
07 may 10865 1 daqiqa
Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Davron Sultonov hamda vazir o‘rinbosari Farrux Sharipov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda bugun, 7 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan tibbiyot sohasidagi islohotlarning navbatdagi bosqichida turgan ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Shuningdek, vazir o‘rinbosari Olim Omonov 6 oyda raqamlashtirishda o‘zgarish qilmasa, ishdan olinishi haqida ogohlantirildi.
“Vazirlik rahbarlari dunyoqarashini o‘zgartirib, fidoyi bo‘lmasa, mas’uliyatni his qilib, so‘rovni kuchaytirmasa, islohotlar mahallagacha yetib bormaydi”, degan Prezident.
Majlisda tibbiy sug‘urtani joriy qilish surunkali surilib kelayotgani keskin tanqid qilindi. Toshkent shahrida o‘tgan yili, Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Samarqand, Farg‘ona, Surxondaryo va Xorazmda 2025 yilda ushbu tizim ishga tushishi kerakligi, ammo Sug‘urta jamg‘armasi faqat tayyor pulni taqsimlovchiga aylanib qolgani ko‘rsatib o‘tildi.
Mutasaddilar tizimni to‘liq raqamlashtirish u yerda tursin, oddiy “elektron retsept”ni ham ishga tushira olmagani tanqid qilindi. “Elektron poliklinika”, “Elektron shifoxona”ni joriy etishda ham jiddiy oqsoqliklar borligi aytib o‘tildi.
Live
Barchasi