U koronavirus bo‘lmagandi, sog‘ bolamni o‘ldirib berishdi – Farzand dog‘ini ko‘rgan ota-ona
Intervyu
−
27 Sentabr 2020
67995Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy axborotiga tayanib, Toshkent viloyatida 11 yashar Muhammad O‘rinboyev koronavirusdan vafot etgani haqida xabar bergan edik. Bu mamlakatda koronavirusga chalingan bolalarning vafoti bilan bog‘liq ilk holat ekani aytilgandi.
11 yashar O‘rinboyev 5 sentyabr kuni vafot etgan bo‘lsa ham uning o‘limi havidagi rasmiy axborot 17 sentyabr kuni e’lon qilindi. Mazkur axborot ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Oradan ko‘p o‘tmay, Toshkent viloyati hokimligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bolaning yo‘ldash kasalliklari bo‘lganini aytib chiqdi.
O‘lim tashxisi: surunkali glomerulonefrit nefrotik turi, semizlik Sh daraja, anemiya Sh daraja, surunkali glomerulonefrit, buyrak yetishmovchiligi terminal bosqichi, kasalxonadan tashqari ikki tomonlama pnevmoniya o‘tkir kechishi. Asorati: o‘tkir nafas, yurak qon-tomir yetishmovchiligi Sh daraja.
Biroq, bolaning ota-onasi Muhammad O‘rinboyevning koronavirusdan vafot etganini rad etmoqda. Ular mazkur holat bo‘yicha huquq-tartibot organlariga shikoyat qilgan. QALAMPIR.UZ jurnalisti Feruza Najmiddinova bolaning otasi Normuhammad Almetov va onasi Zuhra Almetova bilan uchrashib, suhbatlashdi.
Ularning ma’lum qilishicha, bolada koronavirus alomatlari bo‘lmagan. U o‘zini yaxshi his qilgan. Shifoxona esa uni hech qanday koronavirus testisiz qabul qilgan. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligining bayonotidan norozi. U shifoxonaga olib borilganda ham 15 daqiqa avtomobilda qarovsiz qolib ketgan.
"Bolam avtomobildan tushirilgandan keyin ham tashqarida zambilda oftobda yotdi. 10 daqiqan keyin baqir-chaqir qildim. Keyin ikki yigit chiqib, zambilsiz, qopga ortgandek bolamni olib chiqib ketdi", deydi ona.
Ushbu intervyuni to‘liq shaklda yuqoridagi videopleyerda yoki YouTube'dagi sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin.
LiveBarchasi