“Sodiqlik shartnomasi”. Rossiya migrantlarga yangi majburiyat yuklamoqchi
Jamiyat
−
26 iyun 2021
10440Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi mamlakatga kirishda RFda qolish va mehnat faoliyatini amalga oshirish doirasida "sodiqlik shartnomasi"ni imzolashni migrantlar uchun majburiy qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, “Qonunchilikka sodiqlik shartnomalari” institutining kiritilishi migratsiya sohasidagi yangi federal qonun loyihasining konsepsiyasida nazarda tutilgan. Ushbu qonunda Rossiya Federatsiyasiga kirish, chiqish, yashash va mehnat faoliyatini olib borish bilan bog‘liq belgilangan cheklovlar va taqiqlar bo‘yicha, ularga rioya qilmaslik oqibatlari belgilab qo‘yilgan.
Ma’lum qilinishicha, “sodiqlik shartnomasi”ni imzolash orqali migrantlar mamlakatda qolish qoidalarini buzish oqibatlari haqida ogohlantirilganligini tasdiqlaydi.
Qonunga ko‘ra, viza asosida mamlakatga kelganlar viza olish uchun ariza topshirayotgan vaqtda bitim imzolaydi. Vizasiz kira oladigan migrantlar esa barmoq izini ro‘yxatdan o‘tkazadi.
Hukumat qarori bilan RFning Davlat migratsiya siyosati doirasida 2019-2025 yillar uchun ishlab chiqilgan ushbu federal qonun 2019-2021 yillarda amalga oshirish uchun harakat rejasiga muvofiq ishlab chiqilmoqda.
Ma’lumot uchun, chet el fuqarosi shartnoma shartlariga rioya qilmagan taqdirda Rossiyadan chiqarib yuborish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lashi shart bo‘ladi.
Diyora Abdurahmonova
LiveBarchasi