Sobolenko “Rolan Garros” turniridan chiqib ketdi
Sport
−
04 iyun 617 1 daqiqa
Kecha, 3 may kuni tennis bo‘yicha Fransiya ochiq chempionati doirasida chorak final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu bosqichda dunyo reytingi peshqadami Arina Sobolenko mag‘lubiyatga uchradi va turnir bilan xayrlashdi.
Musobaqaning chorak finalida dunyo reytingida 23-o‘rinni egallab turgan rossiyalik tennischi Diana Shnayder Sobolenkoni uch set natijasiga ko‘ra, 3/6, 7/5, 6/0 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi.
Uchrashuv 2 soat 14 daqiqa davom etdi. O‘yin davomida Arina Sobolenko 2 ta eys zarbasi amalga oshirdi, 3 ta qo‘sh xato qildi hamda 5 ta breyk-poyntdan 4 tasini ochko bilan yakunladi.
Diana Shnayder esa 1 ta eys, 1 ta qo‘sh xato qayd etdi va 20 ta breyk-poyntdan 7 tasini samarali yakunladi.
Endilikda Shnayder “Rolan Garros” yarim finalida polshalik tennischi Mayya Xvalinska bilan bahs olib boradi.
Ma’lumot uchun, “Rolan Garros” turniri joriy yilning 6 iyuniga qadar davom etadi. Amaldagi chempion amerikalik tennischi Kori Gauff hisoblanadi.
Live
Barchasi