Qozog‘istonlik tennischi dunyoning birinchi raketkasiga aylandi

Sport

image

Belarusiyalik tennischi Arina Sobolenko kelasi hafta yangilanadigan WTA reytingida dunyoning birinchi raqamli tennischisi maqomini yo‘qotadi. Bu haqda “US Open” matbuot xizmati xabar berdi.

Qozog‘istonlik Yelena Ribakina dunyoning yangi birinchi raqamli tennischisiga aylanadi. 27 yoshli tennischi 2026 yilgi “US Open” yarim finaliga yo‘l olganidan so‘ng reytingda birinchi o‘rinni egallaydi.

Ribakina 1975 yildan buyon yuritib kelinayotgan WTA reytingi tarixida dunyoning birinchi raqamli tennischisiga aylangan Qozog‘istonning ilk vakili bo‘ladi. U joriy mavsumda Avstraliya Ochiq chempionatida g‘olib chiqqan.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli Sobolenko 2024 yil oktyabr oyidan buyon WTA reytingida birinchi o‘rinni egallab kelayotgan edi. Hozirda har ikki tennischi ham “US Open” turnirining yarim finaliga yo‘l olgan. Agar Sobolenko va Ribakina yarim final bahslarida g‘alaba qozonsa, tennischilar “US Open” finalida o‘zaro to‘qnash keladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing