Sobolenko Mayamidagi turnir finaliga chiqdi
Sport
−
27 mart 1240 1 daqiqa
Bugun, 27 mart kuni sovrin jamg‘armasi 9,4 million dollardan ortiq bo‘lgan WTA 1000 turnirining yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning birinchi raqamli tennischisi Arina Sobolenko qozog‘istonlik tennischi Elena Ribakinani mag‘lub etib, final bosqichiga yo‘l oldi.
Yarim final bahsida Sobolenko dunyoning uchinchi raqamli tennischisi, qozog‘istonlik Elena Rybakinani 2 set natijasiga ko‘ra, 6/4, 6/3 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv 1 soat 19 daqiqa davom etdi.
Finalda belaruslik tennischi dunyo reytingida to‘rtinchi o‘rinda turgan amerikalik Koko Gauffga qarshi kortga chiqadi. Qayd etish joiz, Sobolenko ushbu turnirning amaldagi chempioni hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Sobolenko joriy yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Australian Open” finalida ham Elena Ribakina bilan to‘qnash kelgan va 6/4, 4/6, 6/4 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.