Qirg‘izistonda ommaviy tadbirlar bekor qilindi. Sabab – koronavirus

Olam

image
Alkogol mahsulotlarini tez-tez iste’mol qilish koronavirusdan saqlaydimi? SSV munosabat bildirdi north_east

Alkogol mahsulotlarini tez-tez iste’mol qilish koronavirusdan saqlaydimi? SSV munosabat bildirdi

Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri Muhammadkali Abilg‘oziyev mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida ommaviy tadbirlar o‘tkazishni taqiqlash bo‘yicha qaror imzoladi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati xabar qildi.

"Hukumat tomonidan koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat yaxshilanmaguncha madaniy, sport va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazish taqiqlandi. Tegishli qarorni Bosh vazir Muhammadkali Abilg‘oziyev imzoladi", dedi matbuot kotibi.

Vazirlar Mahkamasi ta’kidlashicha, ushbu qaror "koronavirus infeksiyasi xavfini oldini olish va aholining sanitariya-epidemiologik farovonligini ta’minlash maqsadida" qabul qilindi.

Xabar qilinishicha, farmonda savdo, xizmat ko‘rsatish va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yurituvchi jismoniy va yuridik shaxslarga belgilangan muddat tugaguncha ommaviy tadbirlarni o‘tkazmaslik va ularda ishtirok etishdan voz kechish tavsiya etilgan. Shuningdek, xonalar va katta zallarga sanitariya-texnik vositalar va havo tozalash moslamalarini joylashtirish bo‘yicha maslahat berilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston hududida koronavirus bilan bog‘liq holat aniqlanmagan. Mamlakat Xitoy bilan chegarani vaqtincha yopgan. Boshqa chegara davlatlardan keluvchilar tana haroratini o‘lchash moslamalari bilan tekshiriladi. Virus tarqalgan mamlakatlardan kelganlar ikki hafta davomida karantinga yuboriladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 127 769 nafarga yetgan. Bu kasallik tufayli 4 716 dan ortiq odam vafot etgan. Bemorlarning 5 710 nafarining ahvoli og‘ir deb aytilmoqda. Shu kungacha kasallikni yuqtirganlarning 68 327 nafari bu virusdan forig‘ bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Koronavirus Muhammadkali Abilg'oziev

Baholaganlar

68

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing