O‘FA nega “Milliy”ga serqatnov bo‘lib qoldi?
Sport
−
11 iyul 2019
5486Jurnalist-bloger, ayni damda O‘zbekiston PFL bosh direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jayev o‘z Telegram kanalida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rasmiylarining “Milliy” stadioniga serqatnov bo‘lib qolganlari haqida post qoldirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, yaqindagina O‘FA vitse-prezidentligiga kelgan sobiq refere Ravshan Ermatov “Milliy” stadionining bugungi holati, maydon chimining rasmiy o‘yinlarga qanchalik tayyor ekanligini o‘rganmoqda.
Ma’lumot uchun, joriy yilning sentyabr oyidan boshlab O‘zbekiston Milliy terma jamoasi 2022 yili Qatarda o‘tkaziladigan jahon chempionatida ishtirok etish uchun saralash o‘yinlarida qatnashadilar.
“O‘FA rasmiylari “Milliy” maydoniga serqatnov. Chunki JCH saralash uchrashuvlari yaqin. Maydon, tayyorgarlik va boshqa barcha jihatlarni e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Futbolda mayda masalaning o‘zi yo‘q, hamma narsa ahamiyatli”, deb yozadi PFL bosh direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jayev.
Xabaringiz bor, joriy yilning 14 iyun kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi boshqaruvida bir qator o‘zgarishlar yuz bergandi. Unga ko‘ra, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov iste’foga chiqib, uning o‘rniga FIFA hakami Ravshan Ermatov tayinlangan edi.
LiveBarchasi