Sobiq vazir uyushgan jinoyatchilikda ayblandi. Uning o‘zi iddaolarni inkor qilyapti
Olam
−
27 mart 2019
6794Rossiya Federatsiyasi Ochiq hukumat ishlari masalalari bo‘yicha sobiq vazir Mixail Abizov o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni inkor qilyapti.
Mixail Abizov kecha, 26 mart kuni Federal xavfsizli kxizmati xodimlari tomonidan Moskvada qo‘lga olingandi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u 2011 yil apreldan 2014 yil noyabrgacha qator offshor tijorat tashkilotlarining benefitsiar xo‘jayini bo‘lgan. Shuningdek, uyushgan jinoiy guruh tashkil qilgan va boshqargan. Guruhning jinoiy ishlari natijasida 4 milliard rubl o‘margan.
Abizovning advokatiga ko‘ra, u ayblovlarni qat’iyan rad qilyapti. Himoyachi qanday ehtiyot chorasi qo‘llanishi masalasi Moskvaning Basman sudida ko‘rib chiqilishini qo‘shimcha qilgan.
Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, tergov Abizovning qamoqqa olinishi uchun qat’iy turib oladi.
LiveBarchasi