Sobiq vazir o‘rinbosari tuman hokimi bo‘ldi

Jamiyat

image

Andijon viloyatining Paxtaobod tumani hokimi lavozimiga Azizbek Raximovich Latifjonov tayinlandi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Azizbek Rahimovich Latifjonov tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining moddiy-texnika va moliya-iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Azizbek Latifjonov 1977 yilda Andijon viloyati Izboskan tumanida tug‘ilgan. 1999 yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti hamda 2000 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

U mehnat faoliyatini 1994 yilda “O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” ochiq aksiyadorlik tijorat banki Andijon viloyati bo‘limi pul almashtirish shoxobchasi kassiri vazifasidan boshlagan. 1999-2017 yillarda “O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” ochiq aksiyadorlik tijorat banki Andijon viloyati bo‘limi xalq xo‘jaligi tarmoqlarini kreditlashtirish va tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, 2001-2003 yillarda - bankning Andijon filiali qurilish majmuasi korxona va tashkilotlariga qarz berish, kapital mablag‘larni moliyalashtirish va texnik nazorati bo‘limi boshlig‘i, 2003-2006 yillarda – “O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” ochiq aksiyadorlik tijorat banki Bunyodkor filiali boshqaruvchisi, 2006-2007 yillarda “O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” ochiq aksiyadorlik tijorat banki kapital qurilish boshqarmasi ko‘chmas mulk bo‘limi boshlig‘i, 2007 yilda Moliya vazirligi G‘aznachiligi Metodologiya, moliyaviy resurslar va hisoblarni boshqarish boshqarmasining byudjetning g‘azna ijrosi metodologiyasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi, Toshkent shahar hokimligi moliya bosh boshqarmasi respublika byudjetining g‘aznachilik ijrosi boshqarmasi byudjetdan mablag‘ oluvchilar shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi yetakchi iqtisodchisi vazifalarida faoliyat ko‘rsatgan.

Shuningdek, 2007-2011 yyillarda Moliya vazirligi Investitsiyalar boshqarmasi hududiy kapital qurilish dasturlarini moliyaviy tartibga solish bo‘limi boshlig‘i, 2011-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi investitsiyalar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari–hududiy kapital qurilish dasturlarini moliyaviy tartibga solish bo‘limi boshlig‘i, 2015-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi investitsiyalar boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat ko‘rsatgan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Andijon

Baholaganlar

98

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing