Andijonda Labo Malibu-2 bilan töqnaşdi

3-sahifa

−

image

Bugun, 26 oktyabr kuni Andijon şahridagi Bobur şoh köçasida Labo va Malibu-2 avtomaşinalari iştirokida yöl-transport hodisasi sodir böldi. Bu haqda Andijon viloyati Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, soat 12:40 larda 2004 yilda tuğilgan Ya.A. boşqaruvidagi Labo ikkinçi darajali yöldan asosiy yölga çiqişda Malibu-2 ga yöl bermagani sababli avtomobillar töqnaşgan.

Hodisa oqibatida Labo haydovçisi tan jarohati olgan va Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filialiga murojaat qilgan.

Bildirilişiça, hozirda holat yuzasidan Andijon şahar IIB Yöl harakati xavfsizligi bölimi xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Andijon viloyatining Buloqboşi tumanida haydovçi uxlab qolişi oqibatida yuk maşinasi yöldan çiqib ketib, turar joylarga zarar yetkazgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing