Andijonda haydovchi uxlab qolib, yuk mashinasida YTHga uchradi

3-sahifa

−

image

Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida haydovchi uxlab qolishi oqibatida yuk mashinasi yo‘ldan chiqib ketib, turar joylarga zarar yetkazdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea bugun, 23 oktyabr kuni soat 03:30 larda tumanning “Nayman MFY hududidagi Toshmahalla ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1990 yilda tug‘ilgan N.S. HOWO rusumli yuk mashinasini boshqarib ketayotgan vaqtda uxlab qolgan. Shundan so‘ng, u transport vositasi boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi tomonga chiqib ketgan va ko‘cha chetidagi uzum so‘ritog‘iga borib urilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, biroq yaqin atrofdagi turar joylarga moddiy zarar yetgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Buloqboshi tumani IIB YHXG xodimlari surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

YHXB haydovchilarni yo‘lga chiqishdan oldin o‘z jismoniy holatiga e’tibor qaratishga, charchoq yoki uyqusizlik alomatlari kuzatilganda esa transport vositasini boshqarmaslikka chaqirmoqda.

Eslatib o‘tamiz avvalroq Andijon viloyati Buloqboshi tumanida tormozi ishlamay qolgan yuk mashinasi yettita avtomobil bilan to‘qnashishi oqibatida 3 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing