Andijonda Umraga yuboriş uçun $2100 talab qilgan 19 yaşar yigit uşlandi
3-sahifa
−
21:04 529 2 daqiqa
Andijon va Farğona viloyatlarida odamlarni Umra ziyoratiga noqonuniy yuborişga uringanlar qölga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Andijon şahridagi sayyohlik firmasi iş yurituvçisi mazkur firma fuqarolarni Umra ziyoratiga yuboriş böyiça tegişli litsenziyaga ega bölmasada, Baliqçi tumanida yaşovçi, 1999 yilda tuğilgan şaxsning işonçiga kirib, uning 4 nafar qarindoşini Saudiya Arabistoniga muborak safarga jönatiş uçun 4400 AQŞ dollari talab qilgan. Davlat xavfsizlik xizmati va Içki işlar organlari xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda firma iş yurituvçisi söralgan pul mablağini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Bu kabi noqonuniy holat Farğona viloyatida ham qayd etilgan. Xususan, Toşloq tumanida yaşovçi, 2007 yilda tuğilgan şaxs Farğona şahrida istiqomat qiluvçi 2 nafar fuqaroni Namangan viloyatida faoliyat yurituvçi sayyohlik firmasi orqali Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, 2100 AQŞ dollari talab qilgan. Lekin, u oldindan 1000 AQŞ dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Içki işlar organlari xodimlari tomonidan uning noqonuniy harakatiga çek qöyilgan.
Bildirilişiça, hozirda qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uçun, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 12 oktyabrdagi 668-son qaroriga muvofiq, Umra tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş faoliyati maxsus litsenziya asosida amalga oşiriladi. Mazkur tartib ziyoratçilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, ularning xavfsizligini ta’minlaş hamda sifatli xizmatlardan foydalanişini kafolatlaşga qaratilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand va Namangan viloyatlarida fuqarolarni Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan pul talab qilgan ikki şaxs uşlangan edi.
Live
Barchasi27 Oktyabr