Andijonda 27 ming dollarga “gaşiş” sotayotganlar uşlandi

3-sahifa

−

image

Andijon viloyatida 2 kilogramm “gaşiş”ni 27 ming AQŞ dollariga sotmoqçi bölgan erkak qölga olindi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Andijon viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati hamda Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boşqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.

Tadbir davomida Paxtaobod tumanida yaşovçi, 1988 yilda tuğilgan erkak oşxonalarning birida maxsus xaridorga sof oğirligi 2 kilogramm bölgan “gaşiş” giyohvandlik vositasini 27 ming AQŞ dollariga sotayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, qayta işlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyati va Toşkent şahrida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida 2 kilogrammga yaqin “mefedron”, “Alfa-PVP” va “gaşiş” giyohvandlik vositalari aniqlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing