Sobiq shahzoda Endryu hibsga olinganidan keyin ilk bor ko‘rinish berdi
Olam
−
23 mart 2100 1 daqiqa
Marhum moliyachi Jeffri Epshteyn bilan aloqalari sababli hibsga olingan sobiq shahzoda Endryu ilk bor omma oldida ko‘rinish berdi. Bu haqdagi fotosuratlar “Page Six” saytida e’lon qilindi.
Paparatssilar joriy yilning 21 mart kuni Buyuk Britaniya qiroli Charlz III ning ukasini Norfolkdagi Sandringem mulkida suratga olgan. U tansoqchisi hamrohligida itlarini sayr qildirayotgan bo‘lgan.

Endryu qora rangli kiyimda bo‘lib, yuzini “kapyushon” bilan to‘sib olgan. Shu tariqa, Buyuk Britaniya qirolining ukasi jamoatchilik e’tiborini o‘ziga qaratmaslikka harakat qilgan.

“Radar” nashrining xabar berishicha, Endryuning Epshteyn bilan aloqasi haligacha bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Endryuning ehtimoliy qurboni bo‘lgan Virjiniya Juffrening memuarlari (xotiralari) nashr etilishi, shuningdek, mashhur pedofil moliyachining ishiga oid juda ko‘p miqdordagi materiallar e’lon qilinganidan so‘ng, ularning muloqotiga bo‘lgan qiziqish yana ortdi.
Eslatib o‘tamiz, 19 fevral kuni Britaniya politsiyasi Endryu Mauntbetten-Vindzorni amerikalik moliyachi Jeffri Epshteyn bilan bog‘liq mojaro fonida hibsga olgan edi. Sobiq shahzoda o‘z tug‘ilgan kunida davlat xizmatidagi nomaqbul xatti-harakatlarda gumonlanib qo‘lga olingan.
Live
Barchasi