Sobiq Prezidentning rafiqasi o‘z ofisini ochdi 

Olam

image

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melaniya Tramp "Melaniya Tramp ofisi"ni ochganini ma’lum qildi. Bu haqda u Twitter'da yozib qoldirgan. 

"Melaniya Tramp "Melaniya Tramp ofisi" ochilganini e’lon qiladi. Bu yerda yangiliklar va o‘zgarishlarni kuzatib boring", deyilgan xabarda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, "Melaniya Tramp ofisi" bolalarga yordam berish bilan shug‘ullanadi. 

Ma’lumot o‘rnida, yanvar oyi oxirida Donald Tramp ham Florida shtatida sobiq prezidentlik vazifasini bajarish uchun o‘z ofisini ochgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Melaniya Tramp

Baholaganlar

257

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing