Sobiq Prezident jinoiy javobgarlikka tortilishi kutilmoqda
Olam
−
19 noyabr 2019
47032014 yildan 2019 yilgacha Ukrainani boshqargan sobiq Prezident Pyotr Poroshenko jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Mamlakat tergov byurosi Bosh prokuraturaga Pyotr Poroshenkoni jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha so‘rov yuborgan.
“Ukrainaning Beshinchi Prezidenti ishtirok etayotgan jinoiy ishlarni sudgacha tergov qilish holatiga jamoatchilikning katta e’tiborini inobatga olgan holda, biz Davlat tergov byurosi markaziy apparati tergovchilari Bosh prokuraturaga Ukrainaning beshinchi prezidentiga gumon qilinganlik to‘g‘risidagi hisobotning loyihasini yuborganliklari haqida xabar beramiz”, deyiladi tergov byurosi axborotida.
Qayd etilishicha, Poroshenko Prezidentlik davrida, to‘g‘rirog‘i 2019 yilning mart-may oylarida Oliy sudga tayinlovlar uchun nomzodlar saralanishida noqonuniy ishlarni amalga oshirgan.
Bundan tashqari, sobiq prezident konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirish yoki yo‘q qilishda, xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilishda ham gumon qilinmoqda.
LiveBarchasi