Sobiq Prezident Jeenbekov sudga chaqirildi
Olam
−
29 yanvar 2021
11783Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Sooronbay Jeenbekov sobiq amaldor Duyshenbek Zilaliyev ishi bo‘yicha ko‘rsatma berish uchun sudga chaqirildi.
Zilaliyev noqonuniy boylik orttirishda ayblanyapti. Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi uning bankdagi seyfidan 1 mln dollar topilganini ma’lum qildi.
Sobiq amaldorning advokatiga ko‘ra, bu pullar Sooronbay Jeenbekovning saylovoldi kampaniyasi uchun tadbirkorlardan yig‘ilgan.
Jeenbekorv yaqingacha Prezident bo‘lgani uchun sud uni so‘roq qilmayotgandi. Ammo himoyalanuvchi tomon qat’iy talab qilgach, sobiq davlat rahbari sudga chaqirildi.
Biroq sobiq Prezident sudga kelmasligi ham mumkin. Qonunga ko‘ra, uning maqomi sudga majburan olib kelishga yo‘l qo‘ymaydi.
Sooronbay Jeenbekovning advokati uning mijoziga tuhmat qilishayotganini aytdi. U sobiq Prezidentning bu ishga hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidlamoqda.
Avvalroq, 2020 yilning 5 oktyabr kuni Bishkekdagi namoyishni tarqatsh vaqtida jabrlanganlar Sooronbay Jeenbekovni jazolashni talab qilib chiqqani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi