Kurs UZS

USD

12 925.20

-11.96

EUR

13 982.48

45.28

RUB

152.58

-1.97

Sobiq vazir Aziz Voitov ishi 7 oydan beri birinchi instansiya sudida ko‘rilmoqda

3-sahifa

image

Kecha, 18 mart kuni Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida sobiq qishloq xo‘jalik vaziri Aziz Voitov ishi yuzasidan appelyatsiya sudi boshlanganini ma’lum qildi.

QALAMPIR.UZ birinchi instansiya sud hukmi bilan tanishish maqsadida Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov bilan bog‘landi. Oliy sud vakilining aytishicha, bu noto‘g‘ri ma’lumot.

“Aziz Voitov ishi sentyabr oyida birinchi instansiyada ko‘rila boshlandi. Hozirda sud majlisi davom etmoqda. Sud tugamagan”, deydi Obidov.

Ma’lumot uchun, Aziz Voitov Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a”, “v” bandi, 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2-qismi “a” bandi, 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 2-qismi “a” bandi, 209-modda (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Aziz Voitov sudi yopiq o‘tadigan bo‘ldi north_east

Aziz Voitov sudi yopiq o‘tadigan bo‘ldi

Tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra, sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 167, 168, 184, 185-2, 189, 205, 206, 28, 209, 211, 228 va 243-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda. 29 nafar sudlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish”, 15 nafariga “garov“ va 6 nafariga “munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat” tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

Birinchi instansiya sudi 2024 yilning 15 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida ko‘rila boshlangan. Jinoyat ishi hajman katta ekani, protsess ishtirokchilari soni ko‘pligidan kelib chiqib, sud yopiq tarzda o‘tishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Aziz Voitov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing