Sobiq Ichki ishlar vaziri va Prezident xavfsizlik xizmati rahbari qamaldi
Olam
−
04 dekabr 2019
35848Turkmanistonda sobiq Ichki ishlar vaziri Iskandar Mulikov qator jinoyatlar, jumladan, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish va juda katta miqdorda pora olishda ayblanib sudlandi. Bu haqda mamlakat Bosh prokurori Botir Atdayev davlat xavfsizlik kengashi yig‘ilishida xabar berdi.
Turkmaniston televideniyesi sochi butunlay olib tashlangan va qo‘llariga kishan taqilgan sobiq vazirni ko‘rsatdi.
“Mening jinoyatlarim aniqlanganidan keyin qonuniy asosda jinoiy javobgarlikka tortildim. Men noto‘g‘ri xatti-harakatimni tan olaman va afsuslanyapman” dedi Iskander Mulikov boshini ko‘tarmagan holda.
Bosh prokuratura Migratsiya xizmatining sobiq rahbari, o‘z vaqtida Prezident xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilgan Meylis Nobatov ham shu kabi jinoyatlarda ayblanganini ma’lum qildi. Biroq u Prezident xavfsizligiga boshchilik qilgani uchun telvideniyeda uning nomi aytilmagan.
Nobatovning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatlarini 2015-2019 yillarda, “yuqori lavozimlarda ishlagan paytida” sodir etgan. Migratsiya xizmati rahbari lavozimidan ketganidan keyin, u bir necha bor Prezident tansoqchilari tarkibida ko‘rinish bergan.
Iskander Mulikov 20 yoki 25 yilga ozodlikdan mahrum qilingani haqida ma’lumotlar bor.
Sobiq ichki ishlar vaziri shu yilning 1 oktyabrida barcha unvonlaridan mahrum qilingan va ishdan bo‘shatilgandi. Manbalarda uning ishdan bo‘shatilishi uzoq muddatga qamalgan tadbirkor Chara Qulovning ishi bilan bog‘liq ekani aytiladi. Xabar qilinishicha, sobiq vazirlar va yuqori lavozimli shaxslar tadbirkor Chara Qulov bilan birga hokimiyatni qo‘lga olish niyatida bo‘lgan.
LiveBarchasi