Sobiq bojxona posti boshlig‘ining uyidan pora sifatida olingan 311 ming dollar topildi

Jamiyat

image

Bugun, 7 noyabr kuni Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligida korrupsiya holatlari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda huquqni muhofaza qilish faoliyatidagi korrupsiya holatlari muhokama qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan ikki yilda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning 318 nafar xodimi jinoiy qilmishlari uchun javobgarlikka tortilganligi ko‘rsatib o‘tildi.

Masalan, “Ark buloq” bojxona posti boshlig‘i J. boshchiligidagi bir guruh bojxona xodimlari pora evaziga turli sub’ektlar tomonidan import qilingan tovarlar qiymatini pasaytirib ko‘rsatib, davlat manfaatlariga qariyb 9 mlrd. so‘m zarar yetkazgan.

Tergov jarayonida J.ning uyida o‘tkazilgan tintuvda, pora sifatida olingan 311 ming dollar naqd pullar olingan.

Bundan tashqari, jinoiy yo‘l bilan topilgan pullar evaziga Bo‘stonliq tumanida 8 sotixli dala hovli qurganligi, “Toshkent - siti” majmuasidan 2 ta xonadon va 1 ta noturar joy hamda “Kaptiva” avtomashinasini sotib olganligi aniqlangan.

Hozirda J. va sheriklari sud oldida javob  bermoqda.


Maqola muallifi

Teglar

bojxona korruptsiya prokuratura

Baholaganlar

617

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing