Sobiq hokim yangi lavozimga tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi direktori tomonidan imzolangan tegishli buyruqqa muvofiq, Dilfuza Jumanovna O‘rolova Sirdaryo viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

4 farzandning onasi bo‘lgan Dilfuza O‘rolova 2012 yilda – “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi bo‘lgan. 

U 1985-1990 yillar mobaynida – Guliston davlat universiteti talabasi, 1990-2001 yillar – Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi, 2001-2010 yillar – Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, direktori bo‘lgan. 2010-2015 yillar mobaynida – Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan.

2015-2017 yillar mobaynida – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan.

2017-2020 yillarda shu kunga qadar Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan.

2020 yil 18 fevral kuni Sirdaryoda viloyatida xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida uning nomzodi tuman hokimligiga ko‘rsatildi va tasdiqlandi.

2022 yilda Dilfuza O‘rolova Xalq deputatlari tuman kengashiga raislik qilishdan voz kechdi. U bu vakolatdan voz kechgan birinchi hokim bo‘ldi.

2024 yilda esa ijtimoiy tarmoqlarda  Dilfuza O‘rolovaning fermerlardan birini keskin haqoratlab, qo‘l-oyog‘ini bog‘latib, ichki ishlar xodimlariga topshirib yuborgani eshitilgan ovozli xabar tarqaldi. Viloyat hokimligi Odob-axloq komissiyasi tomonidan ushbu xatti-harakatlar davlat xizmatchisi etikasi va odob-axloq qoidalarini buzish, deb baholangan va o‘z navbatida, tuman hokimi holat bo‘yicha tushuntirish berib, yuzaga kelgan vaziyatdan pushaymonligini aytgan. Dilfuza O‘rolovaga nisbatan tegishli tartibda intizomiy jazo choralarini ko‘rish uchun viloyat hokimiga taqdimnoma kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning dekabr oyida Dilfuza Jumanovna O‘rolova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Dilfuza Jumanovna O'rolova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar