Sobiq hokim yangi lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
03 Sentabr
24175Joriy yilning 17 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yig‘ilishida ishdan olinishi qo‘llab-quvvatlangan Mingbuloq tumanining sobiq hokimi Nurshod Nurmamatovich Xudoyberdiyev Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur tayinlov Respublika qishloq xo‘jaligi vazirining tegishli buyrug‘i bilan amalga oshirilgan.
Nurshod Xudoyberdiyev 1983 yilda Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy - 2004 yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Namangan viloyati “Suvnazorat” inspeksiyasida turli vazifalarda ishlagan. 2015-2016 yillarda Mingbuloq tumani Zardaryo irrigatsiya tizimi boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan. 2016-2017 yillarda Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, 2017-2019 yillarda Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Ma’lumot uchun, Nurshod Xudoyberdiyev 2019 yildan 2024 yil avgust oyiga qadar Namangan viloyati Mingbuloq tumani hokimi lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, 7 avgust kuni xalq deputatlari Mingbuloq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida deputatlar Namangan viloyati hokimining tuman hokimi Nurshod Xudoyberdiyevni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarorini bir ovozdan ma’qullab, Ahror Ahmadaliyevich Mansurovni Mingbuloq tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qarorini bir ovozdan tasdiqlagandi.
LiveBarchasi