Sobiq prezident haqorat qilgani uchun jarimaga tortildi

Olam

image

Bishkek shahridagi Oktyabr tuman sudi Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevni sobiq davlat amaldorlarini haqorat qilishda aybdor deb topdi. Bu haqda "24.kg" xabar berdi.

Uch nafar sobiq davlat amaldori: parlament deputati Ahmatbek Keldibekov, Bosh prokuror Azimbek Beknazarov va Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Keneshbek Duyshebayev “Aprel” telekanali va Almazbek Atamboyev ustidan shikoyat qilgan.

Sud shikoyatchilar talabini qondirgan va Almazbek Atamboyevga har bir shikoyatchiga 100 ming somdan to‘lash majburiyatini yuklagan. 

Shikoyatchilar bu pullarni xayriyaga sarflamoqchi. Javobgarning himoyachisi sud qarori ustidan yuqori instansiyalarga murojaat qilishi aytilgan.

Ma’lumot uchun, Ahmatbek Keldibekov, Azimbek Beknazarov va Keneshbek Duyshebayev Almazbek Atamboyevning “Aprel” telekanalida bergan intervyusida ularga qarata aytilgan gaplardan g‘azablanib, sudga murojaat qilgandi.

Almazbek Atamboyev Qirg‘izistonning 4-prezidenti. U 2011-2017 yillarda Qirg‘izistonni boshqargan.


Maqola muallifi

Teglar

sud

Baholaganlar

137

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing