Sobchak Isroil fuqaroligini olgani haqida bizga xabar bermagan – Rossiya IIV

Madaniyat-san’at

image

Jurnalist Kseniya Sobchak Rossiya Ichki ishlar vazirligini Isroil fuqaroligini olgani haqida ogohlantirmagan. Bu haqda bugun, 27 oktyabr kuni TASS agentligiga huquq-tartibot idoralari xabar berdi. 

“Kseniya Sobchak Rossiya IIV Migratsiya bosh boshqarmasini Isroil fuqaroligi haqida xabardor qilmagan. Qonunga ko‘ra, u ikkinchi fuqarolikni olganidan keyin bir necha oy ichida buni amalga oshirishi kerak edi”, deydi agentlik suhbatdoshi. 

Avval xabar qilinganidek, Sobchak Litvaga Isroil pasporti bilan kelgan. Bunday hujjat egalari vizaga muhtoj emas. Tekshirish punktida Litva chegarachilari u taqdim etgan Isroil pasportining haqiqiyligini, jumladan uning Litvada istalmagan chet elliklar ro‘yxatiga kiritilgan shaxs ekanligini ma’lumotlar bazasidan tekshirgan. Ushbu protseduralardan so‘ng unga chegarani kesib o‘tishga ruxsat berilgan. 

Moskvaning Tverskoy sudi kecha, 26 oktyabr kuni“Rostex” rahbari Sergey Chemezovdan 11 million rubl undirish ishi bo‘yicha Sobchak tijorat direktori Kirill Suxanov va “Tatler” gazetasining sobiq bosh muharriri Arian Romanovskiyni (Kuzmin) 24 dekabrgacha hibsga oldi. 

Eslatib o‘tamiz, Sobchak Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 163-moddasi 3-qismi "b" bandi (yirik miqdordagi mol-mulkni qo‘lga kiritish maqsadida tovlamachilik) bo‘yicha gumon qilinmoqda. Ish bo‘yicha jabrlanuvchi “Rostex” mansabdor shaxsidir. Agar unga qarshi ayblov sudda o‘z isbotini tobsa, Sobchak 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. 

Ushbu ish bo‘yicha Sobchakning tijorat direktori Kirill Suxanov va “Tatler” gazetasining sobiq bosh muharriri Arian Romanovskiy (Kuzmin) qo‘lga olingan. Sobchak Rossiya Federatsiyasidan qochib ketgan, 26 oktyabr kuni ertalab uning uyi tintuv qilingan. 

Kseniya Sobchak Sankt-Peterburgning sobiq meri Anatoliy Sobchakning qizi bo‘lib, uning 1990-yillarda hamkori Vladimir Putin bo‘lgan. U Rossiya televideniyesida ko‘p ishlagan, mashhur shoularning boshlovchisi edi. 2011 yilgi Davlat Dumasiga saylovlardan so‘ng u norozilik aksiyalarida qatnashdi va Muxolifatni muvofiqlashtirish kengashiga qo‘shildi. 

Shundan so‘ng u bir necha yil "Dojd" telekanalida ishladi, telekanal muxbiri sifatida u Vladimir Putinning matbuot anjumanlarida qatnashdi. 

2018 yilda Sobchak prezidentlik saylovlarida qatnashdi, ommaviy axborot vositalari saylovlarga e’tiborni qaratish va mamlakatda muxolifat borligini ko‘rsatish uchun uning nomzodi Kreml bilan kelishilganini yozdi. Uning o‘zi bu ayblovlarni rad etdi. 

Ukrainada urush boshlanganidan so‘ng, rossiyalik jurnalistlarga bosim sezilarli darajada oshdi, ma’muriy va jinoiy kodekslarga armiyani obro‘sizlantirish va harbiy feyklarga oid moddalar kiritilgani sababli yuzlab ommaviy axborot vositalari xodimlari mamlakatni tark etishga majbur bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Kseniya Sobchak

Baholaganlar

124

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing