Slovakiyada o‘quvchi pichoq bilan gimnaziyaga hujum qildi. Qurbonlar bor

Olam

image

Slovakiyaning Spishska Stara Ves shahrida o‘quvchi gimnaziyaga pichoq bilan hujum qildi. Oqibatda 2 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda TA3 telekanali xabar berdi.

“Hozirga qadar tasdiqlangan m’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, yana bir kishi og‘ir ahvolda. Jarohatlanganlarning aniq soni hozircha noma’lum.

Mahalliy politsiyaga ko‘ra, gumonlanuvchi qochishga uringan, biroq tez orada qo‘lga olingan. U 18 yoshli o‘quvchi bo‘lib, voqea sodir bo‘lgan o‘quv yurtida o‘qiyotgani aniqlangan. Taxminlarga ko‘ra, u pichoq bilan bir o‘qituvchi va ikki o‘quvchiga hujum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrining Prechko tumanidagi umumta’lim maktablaridan birida o‘qituvchi va o‘quvchilar pichoqlangan, yetti kishi jarohat olgan va bir o‘quvchi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

pichoq Slovakiya gimnaziya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing