Britaniya hukumatida o‘zgarish bo‘ldi
Olam
−
14 fevral 2020
4721Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson Hukumatda o‘zgarishlarni amalga oshirdi. BU haqda “Meduza” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, G‘aznachilik kansleri (Moliya vaziri) Sajid Javid iste’foga chiqqan. U Jonson bilan kelishmovchilik tufayli iste’foga chiqdi. Yangi kansler G‘aznachilikning katta kotibi Rishi Sunak ekanligi e’lon qilindi.
Shuningdek, Shimoliy Irlandiya davlat kotibi Julian Smit, biznes, energetika va sanoat strategiyasi vaziri Andrea Ledsom va atrof-muhit vaziri Tyereza Villiyers ham o‘z lavozimlarini tark etgan. Bundan tashqari, Angliya va Uelsning Bosh prokurori Jefri Koks o‘z lavozimidan bo‘shagan.
Bular Boris Jonson hukumatidagi birinchi katta iste’fo hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, 31 yanvardan 1 fevralga o‘tar kechasi, Brexit amalga oshdi. Britaniya rasman Yevropa Ittifoqini tark etdi. Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson britanlarga “milliy uyg‘onish”ni va’da qildi.
LiveBarchasi