Sizning qarorlaringiz tufayli dunyo xavfsiz joyga aylandi – Bayden Gorbachyovni tabrikladi 

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden sobiq SSSR rahbari Mixail Gorbachyovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Bu haqda AQSH rahbarining tabrik maktubiga asoslanib xabar berilgan. 

SSSRning birinchi va oxirgi Prezidenti bugun, 2 mart kuni 90 yoshga to‘ldi. 

Bayden Sovet siyosatchisining yubileyini uning "afsonaviy hayoti"dagi ulkan voqea deb atagan. 

"Ozodlikka bo‘lgan sadoqatingiz va o‘nlab yillar davomida qiyin, ammo zarur qarorlarni qabul qilganingiz jasorati tufayli dunyo xavfsiz joyga aylandi va bu hali ham ilhom manbai bo‘lib qolmoqda", deb yozgan Amerika Prezidenti maktubida. 

Avvalroq, SSSRning sobiq Prezidenti Mixail Gorbachyov 90 yoshga to‘lishi arafasida qayta qurish to‘g‘risida gapirib, uni o‘zining hayotiy ishi deb atagandi.

Ma’lumot o‘rnida, Mixail Sergevich Gorbachyov 1931 yil 2 martda Rossiyada tug‘ilgan. 

U 1985 yildan 1990 yilgacha Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasining Bosh kotibi, 1990 yildan 1991 yilgacha SSSR Prezidenti bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Gorbachyov Bayden

Baholaganlar

395

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing