“Siti” futbolchisining sudi kechiktirildi

Sport

mendi

“Manchester Siti” himoyachisi Benjamin Mendining sudi kechiktirildi. Bunga futbolchining 7-marta jinsiy zo‘rlashda ayblanayotgani sabab bo‘lgan. Joriy yilning avgust oyi oxirida futbolchiga nisbatan 2020 yil oktyabrdan 2021 yil noyabrga qadar olti marta jinsiy zo‘ravonlikda gumonlangani uchun politsiya tergov boshlagan edi.

Mendi “shaharliklar” bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etishni to‘xtatgach hibsga olingan edi. Keyinroq yana ikkita zo‘rlash ishida ayblandi.

Sud jarayoni 2022 yil 24 yanvarga belgilangan edi, ammo bugun, 22 dekabr, chorshanba kuni Chester sudi qatorasiga yettinchi marta fransiyalik futbolchining ish materiallariga jinsiy zo‘ravonlikning yana bir epizodini kiritish to‘g‘risida iltimosnoma oldi.

Shularni inobatga olib, sud jarayoni 2022 yil 27 iyunga ko‘chirildi. Dastlabki sud majlisi 2022 yil 7 yanvarga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Mendi besh nafar ayolga nisbatan yettita zo‘rlash epizodida ayblanmoqda. Himoyachi Liverpul shahri shimolida joylashgan xususiy qamoqxonada saqlanmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Man Siti Benjamen Mendi

Baholaganlar

24

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing