“Siti” “Everton”ga qarshi bahs oldidan jiddiy yo‘qotishga uchradi
Sport
−
19 aprel 12733 1 daqiqa
“Manchester Siti”ning braziliyalik darvozaboni Ederson Moraes Angliya Premer-ligasining 33-turidan o‘rin olgan “Everton”ga qarshi o‘yinida maydonga tushmaydi. Bu haqda “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘yindan oldingi matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
“U qancha muddatga safdan chiqqanini bilmayman”, deydi Gvardiola.
Joriy mavsum 31 yoshli Ederson barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda ishtirok etib, 47 ta gol o‘tkazib yubordi, 9 ta bahsda esa darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Ma’lumot uchun, “Everton”-“Manchester Siti” o‘yini bugun, 19 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 19:00 da start oladi. Chempionatning ortda qolgan 32 ta turidan keyin “Siti” APL turnir jadvalida beshinchi, “Everton” esa 13-o‘rinni egallab turibdi.
Live
Barchasi