Siti 17 yoshli argentinalik vunderkindni o‘z safiga qo‘shmoqchi

Sport

image

“Manchester Siti” argentinalik iqtidor egasi Franko Mastantuononi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda jurnalist Martin Lipton ma’lum qildi.

17 yoshli hujumkor yarim himoyachi uzoq vaqtdan beri Yevropa futbolining yirik klublari tomonidan kuzatib kelinmoqda, ammo o‘sib borayotgan yulduzning klubi “River Pleyt” xaridorlardan deyarli 45 million yevro talab qilmoqda.

Angliyaning “Manchester Siti” klubi esa futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. Franko Mastantuononing “River Pleyt” bilan shartnomasi kelasi yilning oxirigacha amal qiladi va “Transfermarkt” ekspertlari argentinalik futbolchining narxini 15 million yevroga baholamoqda. Joriy mavsumda yosh hujumkor yarim himoyachi jamoasi safida 11 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Franko Mastantuono

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing