Sirtqi va kechki ta’lim uchun kontraktlar 35-40 foizga kamaytirildi

Jamiyat

image

Joriy yilda O‘zbekistonda davlat oliy ta’lim muassasalarida sirtqi va kechki ta’limda o‘qiydigan talabalar uchun to‘lov-kontrakt miqdori 35-40 foizga kamaytirildi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbar xodimlari ishtirokida o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Qayd eitilishicha, sirtqi va kechki ta’limda o‘tgan yili 9 mln so‘m bo‘lgan kontraktlar bu yil 6 mln 300 ming so‘m etib belgilandi.

Matbuot anjumanida 2019-2020 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatining o‘rnatilgani borasida ma’lumotlar taqdim etildi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab, talabalarga kontraktlarni oyma-oy bo‘lib hamda “stipendiyali” va “stipendiyasiz” shaklda to‘lash imkoniyatari yaratildi.


Maqola muallifi

Teglar

kontrakt sirtqi ta'lim kechki ta'lim

Baholaganlar

4144

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing