Sirdaryodagi toshqinda Milliy gvardiya xodimi vafot etdi
Jamiyat
−
04 may 2020
22755Joriy yilning 1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga keldi. Shundan so‘ng, zudlik bilan suv ombori atrofidagi hududlarda yashovchi aholi vakillari xavfsiz hududlarga ko‘chirila boshladi. Bunda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari jonbozlik ko‘rsatmoqda.
Suv bosish xavfini bartaraf etish va aholini qutqarish ishlarida Milliy gvardiya xodimi serjant Husniddin Suyarov mardlarcha vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, u o‘sha kuni qutqaruv ishlari chog‘ida katta suv kelishi oqibatida oqib ketgan. Oradan vaqt o‘tib, uning jasadi boshqa hududdan topilgan. Kecha, 3 may kuni uni dafn etish ishlari bo‘lib o‘tgan. Janozada qatnashgan imom-xatib uni shahid ketdi, deya yodga olgan.
Xodimning vafoti bilan bog‘liq xabarni Milliy gvardiya Matbuot xizmati hozircha tasdiqlagani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 1 may kuniyoq Sardobaga yetib bordi va aholi vakillari bilan suhbatlashdi. Holat bo‘yicha chuqur tahlil etish lozimligi yuzasidan mas’ullarga topshiriq berdi. Hozirda Davlat xavfsizligi xizmati tomonidan “Sardoba ishi” doirasida tegishli tergov harakatlari olib borilmoqda. Bosh prokuratura holat bo‘yicha Jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
LiveBarchasi