Sirdaryodagi IESda nosozlik tufayli aholi “svetsiz” qoldi

Jamiyat

image

Kecha, 30 aprel kuni soat 17:15 da Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasidagi yuqori kuchlanishli elektr qurilmada (tok transformatorida) nosozlik yuzaga keldi. Oqibatda bir necha tumanning ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi

Kechaning o‘zida viloyatdagi iste’molchilarning elektr ta’minoti to‘liq qayta tiklangan.

Aniqlanishicha, nosozlik oqibatida Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod, Yangiyer va Xovos tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilgan. Ushbu hududlardagi referendum uchastkalari dizel generatorlari bilan ta’minlangani uchun ularning elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lmagan.

Xabarga ko‘ra, mavjud yetishmagan quvvatlar Toshkent va Navoiy issiqlik elektr stansiyalari va “Chorvoq” gidroelektr stansiyasining zaxira quvvatlari hisobidan ta’minlab turilgan.

Ayni paytga kelib Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasidagi yuqori kuchlanishli elektr qurilmada yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilib, viloyat iste’molchilarining elektr ta’minoti to‘liq qayta tiklangan. Aytilishicha, issiqlik elektr stansiyasi barqaror ishlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

transformator elektr ta'minoti Sirdaryo IES

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing