Toshkentda yana transformator yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 17 iyul kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi transformator punktida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 09:10 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, Olimlar ko‘chasida joylashgan transformator yonayotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 09:10 da yetib borib, yong‘in soat 09:28 da bartaraf etilgan.

Hodisa joyida transformator yonib zararlangani aniqlanib, hozirda tuman elektr tarmoqlari tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Bildirilishicha, yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan transformatorlardan birida yong‘in sodir bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing