Sirdaryodagi gumburlash va silkinish sababi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Avvalroq, Guliston shahrida joriy yilning 20 dekabr hamda 23 dekabr kunlari portlash va yer silkinishiga o‘xshash hodisalar sodir bo‘lgani haqida xabar bergandik.

Hodisa bo‘yicha maxsus ishchi guruh tashkil qilinib, Gulistondagi yer silkinishi holatlarini o‘rganishni boshlagani aytilgandi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi boshlig‘i Qahramon Qo‘chqorov o‘rganish xulosalari yuzasidan barcha tafsilotlarni ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston, Qirg‘iston va Tojikiston seysmik stansiyalardan olingan ma’lumotlar tahlili natijasida joriy yilning 20 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 16:33 daqiqa o‘tganda Guliston shahridan 8 kilometr janubi-g‘arbda magnitudasi – 3, chuqurligi yer yuziga yaqin – 5-10 kilometr atrofida zilzila sodir bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘i yer yuzasiga yaqin bo‘lgani sababli gumburlash ovozi eshitilgan.

“Nega aynan bu hodisaning qisqa hududda, Guliston shahri va uning atrofida sezilishining sababi – zilzila yer yuziga yaqin joyda sodir bo‘lgani bilan bog‘liq. Bu holatda uning tarqalish maydoni qisqa bo‘ladi. 23 dekabr kuni ham xuddi shunday magnitudasi 2,7 balli zilzila bo‘lgan. Zilzilaning yer yuziga yaqin bo‘lgani uchun bu safar ham gumburlash ovozi bilan kuzatilgan”, deydi Qahramon Qo‘chqorov.

Qahramon Qo‘chqorovga ko‘ra, zilzila yer ostida qancha chuqurlikda sodir bo‘lsa, uning ta’sir doirasi shuncha keng bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

gumburlash Guliston zilzila

Baholaganlar

1819

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing