Sirdaryodagi daladan 100 foiz yonib ketgan jasad topildi

3-sahifa

image

Joriy yilning 28 may kuni 19:00 larda M-34 “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yo‘lining Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanidagi “Yangi hayot” MFY hududidan o‘tuvchi 136-km.dagi tuman hokimligi zaxira yer maydonidan qotillik alomatlari bo‘lgan jasad topilgan.

Bosh prokuratura Matbuot xizmatining QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qilishicha, marhum Toshkent shahri, Uchtepa tumanida yashovchi F.P. (1974 y.t., sudlanmagan, kirakash) ekani aniqlangan.

Sudga oid tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, marhumning o‘limi tanasining 100 foiz kuyishi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlangan.

28 may kuni tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

jasad Sirdaryo

Baholaganlar

852

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing