Sirdaryoga yangi IIB rahbarlari keldi

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyatining uchta hududiga IIB rahbarlari tayinlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Bayon etilishicha, podpolkovnik O‘tkirjon Sattorovich Begimov Boyovut tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. U tayinlovga qadar Shirin shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Shuningdek, mayor Begzod Yusupovich Sanayev Shirin shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i vazifasini egallagan. U Vazirlik Akademiyasi magistraturasining ikkinchi darajadagi “Tashkiliy-taktik boshqaruv” yo‘nalishida tahsil olgan.

Bundan tashqari, podpolkovnik Zahriddin Nuriddinovich Boboxonov Guliston tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. U shu paytgacha Vazirlik Akademiyasi magistraturasining ikkinchi darajadagi “Tashkiliy-taktik boshqaruv” yo‘nalishida tahsil olgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida tashkil qilingan Qoraqalpog‘iston Respublikasi rahbariyati, barcha viloyat va tumanlar hokimlari ishtirokidagi yig‘ilishda Ichki ishlar organlarida rahbarlik qilayotgan 15 nafar xodimni ishdan olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo IIB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing