Sirdaryoda uch egizak dunyoga keldi
Jamiyat
−
28 fevral
5035Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida yashovchi Musurmonqul va Sohiba Abduqahhorova uch egizakning ota-onasiga aylandi. Bu haqda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, chaqaloqlarga Fotima, Yusuf, Yunus deya ism qo‘yilgan. Tug‘uruq jarayoni Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filialida mahoratli shifokorlar nazorati ostida jarrohlik amaliyoti orqali, asoratsiz bajarilgan.
“Egizaklarimizning kattasi Fotima 2.710, o‘rtanchasi Yusuf 3.100, kichigi Yunus esa 2.930 kg vazn bilan tug‘ildi. Hozir egizaklarning umumiy ahvoli qoniqarli. Ona va chaqaloqlar malakali mutaxassislar nazorati ostida ”, deydi neontolog shifokor Amina Abdurasimova.
Otaning aytishicha, ularning ajdodida qo‘sh farzandlar tug‘ilishi ko‘p kuzatilgan, ammo uch egizakning dunyoga kelishi birinchi marta uchramoqda.
Bungacha ularning besh yoshli qiz, to‘rt yoshli o‘g‘il farzandi bor edi. Tuman FHDYO bo‘limi tomonidan chaqaloqlarga guvohnoma, markaz shifokorlari tomonidan esa sovg‘alar topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 7 avgust kuni Toshkent viloyatining Toshkent tumanida 23 yoshli ayol 4 nafar egizakni dunyoga keltirgandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

