Sirdaryoda Nexia ustunga urilishi oqibatida yuzlab xonadon “svet”siz qoldi
3-sahifa
−
07 yanvar
2305Bugun, 7 dekabr kuni Sirdaryo viloyatida Nexia haydovchisi ustunga urilishi oqibatida 200 xonadon elektrsiz qoldi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tungi soat 00:40 da viloyatning Yangiyer shahridagi "Yangiyer" podstansiyasidan chiquvchi 10 kVli temir-beton ustunga fuqaro boshqaruvidagi avtomashina urilib, tayanchga shikast yetkazgan. Hodisa oqibatida ushbu hududdagi 200 ta xonadonning elektr ta’minotida uzilish kuzatilgan.
Mazkur nosozlik Yangiyer shahar elektr ta’minoti korxonasining tezkor chiqish brigadalari tomonidan soat 05:00 da to‘liq bartaraf etilib, hududdagi iste’molchilarga elektr energiyasi barqaror yetkazib berilishi ta’minlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda yuk mashinasi quvurga urilishi oqibatida minglab xonadon gazsiz qolgandi. Yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf etish maqsadida 07:10 dan Ulug‘nor tumanidagi 3200 ta xonadon va 9 ta ulgurji iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

